Rosselxoznadzor Oʻzbekistondan olib kelingan pomidorlarda yana virus aniqladi

09:21 21 Iyul 2021 Iqtisodiyot
1160 0

Rosselxoznadzor Toshkent viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kelish boʻyicha vaqtinchalik cheklov joriy qildi. Choralar 22-iyuldan kuchga kiradi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.

Cheklovning sababi – bu viloyatdan olib kelingan pomidorlarda jigarrang burushiqlik (ToBRFV) va (Pepino mosaic virus) viruslari aniqlandi.

Oʻtgan hafta 15-iyuldan boshlab RF nazorat idorasi Buxoro viloyatidan pomidor va qalampir olib kelish boʻyicha cheklov kiritgandi. Sabzavotlarni bir qator viloyatlardan yetkazib berishda cheklovlar mavjud — choralar tobamovirus tufayli kiritildi.

Oʻsimliklar karantini va himoya qilish respublika idorasi har bir holat boʻyicha tekshiruv oʻtkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер