Rishton tumanida parfyumeriya sanoatini rivojlantirish boʻyicha xitoylik investorlar bilan muzokaralar oʻtkazildi
Xitoylik investorlar Rishton tumanida parfyumeriya sanoatini rivojlantirishga katta qiziqish bildirmoqda.
Shu maqsadda Rishton tumani hokimligida xitoylik investorlar bilan parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarish, mazkur sohada xizmat koʻrsatish tarmoqlarini yoʻlga qoʻyish hamda zamonaviy parfyumeriya zavodi barpo etish masalalari yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.
Tashrif doirasida xitoylik tadbirkorlar delegatsiyasi tumandagi bir qator hududlarda boʻlib, amalga oshirilishi mumkin boʻlgan investitsiya loyihalari uchun mos joylar bilan tanishdi. Shuningdek, mehmonlarga tumanda faoliyat koʻrsatayotgan mahalliy sanoat zonalari hamda ushbu hududlarda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Delegatsiya aʼzolari sanoat zonalari faoliyatini oʻrganish, shuningdek, yaqinda ish boshlagan Xitoy korxonasi tajribasi bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi. Ushbu jarayonda yurtimizda faoliyat olib borayotgan xitoylik tadbirkorlar bilan oʻzaro tajriba almashish ham amalga oshirildi.
— Yuzma-yuz muloqotlar davomida parfyumeriya sanoatini jahon andozalari darajasida rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hamda mazkur yoʻnalishda malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha kelishuvlarga erishildi, — dedi Rishton tumani hokimi oʻrinbosari Baxtiyor Roʻzaliyev. — Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring