Rishton oʻrigi bargagi xorij bozorlarida ham xaridorgir
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Bir paytlar Rishton tumani mazasi til yorar qandak oʻriklari bilan mashhur boʻlgan. Afsuski, eʼtiborsizlik tufayli yaqin yillargacha Rishtonning xuddi kulolchilik singari oʻziga xos brendi boʻlgan qandak oʻrigi tobora kamayib ketayotgan edi.
Bugun bu borada vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarib, ilm-fan yutuqlari asosida zamonaviy bogʻlar tashkil etishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Ayni paytda tumanda qariyb 4 ming gektar mevazor bogʻlar boʻlsa, shundan 2,5 ming gektari oʻrikzor, 1,1 ming gektari qandak oʻrik bogʻlari hisoblanadi. Oʻz navbatida, bosqichma-bosqich samarasiz, kam hosilli bogʻlar oʻrnida intensiv texnologiyalar yordamida yangi bogʻlar barpo etilmoqda.

Hozirda Rishton oʻrigi tabiiy va quritilgan holda MDH, Osiyo va Yevropa qitʼasi mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Tumanning “Xurramobod” MFYda yashovchi tadbirkor Inomjon Qurbonov xonadonida oʻrikni quritib, undan bargak tayyorlab mahalliy hamda xorij bozorlariga yetkazib beradi. Bu ish bilan 50 nafarga yaqin mahalladoshlarini taʼminlangan. Eʼtiborlisi, bugungi kunda mahalladagi 50 dan ziyod xonadonda oʻrik bargagi tayyorlanadi.
— Tumanda quritilgan oʻrik savdosi uchun maxsus bozor ham tashkil etilgan, — deydi tadbirkor I. Qurbonov. — Shu tariqa tumandan har hafta oʻrtacha 200 tonna quritilgan oʻrik eksportga joʻnatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring