Rimda Oʻzbekiston boʻylab ekspeditsiyalar mobaynida tasvirga tushirilgan asarlar namoyish etilmoqda
25-may kuni Rimdagi Bonapart saroyida moda olamining eng dovruqli fotosuratchilaridan biri Mario Testinoning “Goʻzal dunyo” koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.
Soʻnggi yetti yilni Testino moda olamidan tashqarida yangi mavzularni izlab topishga bagʻishladi. Oʻz ishining mohir ustasi mintaqa xususiyatlarini oʻrgangan holda, mamlakatlarning madaniy qadriyat tizimlaridan ilhomlanib, yangi koʻrgazma asosini tashkil etgan betakror fotosuratlarni toʻpladi.
Koʻrgazmada Mario Testinoning Oʻzbekiston boʻylab amalga oshirgan ekspeditsiyalari mobaynida tasvirga tushirgan asarlari namoyish etilmoqda. Ular orasida Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo va Buxoro kelinlari hamda kurashchi polvonning suratlari oʻrin olgan. Shuningdek, taqdimotga Oʻzbekistonda olingan Axaltaka tulporlarining multimedia fotosuratlari ham qoʻyilgan. Loyiha Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi madadi bilan tayyorlangan.
Koʻrgazma Bonapart saroyida 25-avgustga qadar muxlislarga muntazir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring