Rim markazida oʻrta asrlarga oid minora qulab tushdi
Italiya poytaxti Rim shahri markazida taʼmirlash ishlari paytida oʻrta asrlarga oid Konti minorasi qulab tushdi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, yuzlab sayyohlar voqea joyiga politsiya va oʻt oʻchiruvchilarning yetib kelganiga guvoh boʻlishgan. “Corriere della Sera” gazetasining yozishicha, uch ishchi qochishga muvaffaq boʻlgan. Ammo ulardan biri ichkarida toʻsiq ostida qolib ketgan. Oʻt oʻchiruvchilar unga yetib borishga urinishganda, minoraning bir qismi yana qulab tushgan.
Oʻn soatdan keyin ishchi qutqarib olingan va tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketildi.
“Biz hammamiz uning tirik qolishiga umid qilamiz”, — dedi Rim meri Roberto Gualtiyeri ushbu hodisaga izoh berib. Biroq keyinroq ommaviy axborot vositalari ishchi yurak yetishmovchiligi tufayli vafot etgani haqida xabar berishdi.
“Men qulash ovozini eshitganimda, tashqarida mijozlarga xizmat koʻrsatayotgan edim. Yuqoriga qarasam, bir ishchi yiqilib tushayotganini koʻrdim”, — deydi voqea guvohi boʻlgan ofitsiant.
Tarixi XIII asr boshlariga borib taqaladigan Konti minorasining asl balandligi taxminan 50 metrni tashkil etgan. Ammo asrlar davomida zilzilalar va boshqa omillar sabab unga zarar yetgan. Ayni paytda balandligi 29 metr boʻlgan ushbu tarixiy obida Kolizey yaqinida joylashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring