Respublikaning 6 ta viloyatida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilindi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonning 6 ta hududida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 17–22-dekabr kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, shu jumladan:
• Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
• Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
• Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
• Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
• Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
• Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.
Shu munosabat bilan togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring