Respublika boʻyicha metan “zapravka”larga tabiiy gaz belgilangan talabga asosan yetkazib berilmoqda — Energetika vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda joylashgan metan “zapravka”dagi holat boʻyicha shuni taʼkidlash kerakki, Namangan viloyatidagi barcha metan “zapravka”larga ularning talablariga asosan belgilangan limitga koʻra, tabiiy gaz toʻliq yetkazib berilgan.
Videoda tarqalgan holatdagi “zapravka” esa berilgan oylik limitni ishlatib boʻlgan. Bugun soat 00:00 dan yangi oy boshlanadi va mazkur “zapravka”ga gaz yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, metan “zapravka”larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yoʻq. Agar zapravkalarda gaz narxining asossiz oshirilishi holatlariga guvoh boʻlsangiz, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 1159 raqamli “Ishonch telefoni” (https://antimon.gov.uz/)ga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring