Rekord koʻrsatkich: Bugun 342 kishida koronavirus aniqlandi
Shu yilning 6-iyul kuni mamlakatimizda 342 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 204 nafari karantin muassasalarida, 116 nafari aholi orasida, 22 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. Shu bilan birga, Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 106 nafar fuqaro sogʻaydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 10362 nafar bemordan 6628 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 64 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3697 nafar bemordan 25 nafari ogʻir, 13 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring