“Real Madrid” yilni gʻalaba bilan yakunladi
Kecha, 20-dekabr kuni Ispaniya La Ligasining 17-turi doirasida “Real Madrid” jamoasi oʻz maydonida “Sevilya” bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 2:0 hisobida “qirollik klubi“ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda hisob 38-daqiqada Jud Bellingam tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
86-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Ushbu gol Kilianning ushbu mavsumdagi 59-goli boʻldi. Bu orqali Mbappe “Real Madrid” safida bir mavsumda eng koʻp gol kiritish boʻyicha Krishtianu Ronalduning natijasini takrorladi.
Shu tariqa “qaymoqranglilar” 2025-yilning soʻnggi oʻyinini gʻalaba bilan yakunladilar. Jamoaning navbatdagi oʻyini 2026-yilda boʻlib oʻtadi.
“Real“ — “Sevilya“ 2:0
Gollar: Bellinghem (38), Mbappe (86, penalti).
“Real” — Kurtua, Asensio (Ximenes, 90+3), Ryudiger, Heysen, Fran Garsiya, Chuameni, Guler (Kamavinga, 72), Bellinghem, Vinisius (Gonsalo Garsiya, 83), Rodrigo, Mbappe.
“Sevilya” — Vlaxodimos, Xuanlu Sanches, Karmona (Salas, 84), Gudel, Markan, Suazo (Oso, 60), Agume (Yanuzay, 84), Sou, Mendi (Gonsales, 84), Romero (Peke, 70), Aleksis Sanches.
Ogohlantirishlar: Karmona (34), Markan (37), Rodrigo (41), Asensio (60), Agume (70), Sou (90+2).
Chetlatish: Markan (68).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring