Readmissiya qilingan fuqarolarga istisno holatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirish tartibi belgilandi
“Xorijiy davlatlardan readmissiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib berish toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3682-son, 30.09.2025-y.).
Yoʻriqnomaga koʻra, readmissiya qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Migratsiya va personallashtirish departamenti (MvaPD) tomonidan “Pasport-viza” axborot tizimiga kiritiladi.
Quyidagi holatlarda istisno tariqasida readmissiya qilingan fuqarolarga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi:
— fuqaroning yaqin qarindoshi xorijda vafot etganda;
— fuqaro yoki uning yaqin qarindoshiga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish zarur boʻlganda;
— fan olimpiadasi, taʼlim yoki xalqaro sport musobaqasida ishtirok etadigan boʻlsa;
— yashash joyi Oʻzbekistonning chegara zonasi va eksklav hududlarida boʻlganda;
— Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjat va topshiriqlari, shuningdek Prezident Administratsiyasi rahbarining topshiriqlari ijrosini taʼminlash zarur boʻlganda.
Fuqarolar istisno tariqasida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun MvaPD yoki uning hududiy boshqarmalariga murojaat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring