Raqobat qoʻmitasi “Toshkent shahar suv taʼminoti”ga nisbatan ish qoʻzgʻatdi

18:54 15 Iyul 2024 Iqtisodiyot
590 0

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi “Toshkent shahar suv taʼminoti” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatdi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, “Uzcarlsberg” MCHJ “Toshkent shahar suv taʼminoti” xizmatidan norozi boʻlib murojaat qilgan. Ular oʻrtasida “Chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqarish toʻgʻrisida”gi kommunal-ekologik normativ hujjat rasmiylashtirilgan boʻlib, unga koʻra, “Uzcarlsberg”ga chiqindi suvlarni shahar kanalizatsiyasiga chiqarib yuborish uchun suv hajmi 68 foiz koeffitsiyent qoʻllanishi belgilangan.

Biroq “Toshkent shahar suv taʼminoti” tomonidan 76 foiz koeffitsiyent qoʻllangani natijasida 75 million soʻmga yaqin ortiqcha toʻlov hisoblangani aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar boʻyicha, hududiy boshqarma tomonidan Raqobat qoʻmitasi “Toshkent shahar suv taʼminoti” AJga nisbatan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi qonunning 16-moddasi (tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlaridan foydalanish shartlarini tiqishtirish yoki tabiiy monopoliya subyektlarining belgilangan narxlarda (tariflarda) hisobga olinmagan haq undirish evaziga daromad olishga olib keladigan boshqacha xatti-harakatlarni sodir etish man etiladi) talablarini buzganlik alomatlari mavjud deb belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер