Raqobat qoʻmitasi YHXBB oʻtkazgan tenderni haqiqiy emas deb topdi. Endi nima boʻladi?
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tender savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunni buzganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasining matbuot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, qoʻmitaga YHXBB tomonidan 2024-yil 10-iyunda boshlangʻich qiymati 26 milliard 500 million soʻm boʻlgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan. Qoʻmita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan oʻrganishlarda tender savdolari yoʻl belgilari uchun boʻyoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun oʻtkazilgani aniqlangan.
Ishni koʻrib chiqish natijasida, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga nisbatan tender savdo natijasini haqiqiy emas deb topish boʻyicha qarorga kelindi.
Shuningdek, ushbu qonun buzilish holatiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikni belgilash masalasi ham koʻrib chiqiladi va jazo chorasi belgilanadi. “Maʼlumot oʻrnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi boʻlgan tomon qoʻmitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega”, deyiladi qoʻmita xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring