Rahim Bekniyoz ijodxona-muzeyi tashkil qilindi
Urganch shahrida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, shoir va dramaturg, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” Rahim Bekniyoz tavalludining 101-yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Adib yashab ijod qilgan uyda yodgorlik lavhi oʻrnatilib, ijodxona-muzeyi tashkil qilindi.
Rahim Bekniyoz oʻz asarlari bilan milliy adabiyotimiz rivojiga barakali hissa qoʻshgan adiblardan biri. Uning “Birinchi uchrashuv”, «Dersu Uzala izidan», «Ovchining kuylari», «Momiqjon», “Moviy toʻlqinlar”, “Sehrli dunyo”, “Intilaman”, “Qaldirgʻochlar”, “Toʻtiyo”, «Temirtirnoq», “Bola mergan”, “Armonli dunyo” kabi sheʼrlar, hikoyalar, qissa va ocherklar kitoblari chop etilgan. “Sensiz yasholmayman”, “Ikki oʻt orasida”, “Koʻk koʻylaklar”, “Oqibat” kabi pyesalari viloyat teatrida sahnalashtirilgan.
Odilbek Odamboyev,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring