Quyuq tuman tufayli ikki aeroport faoliyati cheklab qoʻyildi
Nukus, Urganch va Fargʻona aeroportlarini erta tongdan quyuq tuman qoplagan va noqulay ob-havo sharoiti tufayli havo kemalarini qabul qilish va uchirilishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.
Xususan, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Sankt-Peterburg – Urganch yoʻnalishi boʻyicha HY-9638 reysi samolyoti soat 06:04 da Buxorodagi muqobil aerodromga qoʻndi.
Toshkent – Urganch/Urganch – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY-51/52 reyslari ham kechiktirildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, samolyot Toshkentdan Urganchga soat 12:00 ga, qaytish reysi esa soat 14:15 ga koʻchirilgan.
Shuningdek, Toshkent — Nukus yoʻnalishi boʻyicha HY-11 reysi ham Nukusdagi tuman sabab mahalliy vaqt bilan soat 11:30 ga qoldirildi.
Bundan tashqari, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Fargʻona aeroportida samolyotlarni qabul qilishga cheklovlar joriy etilgan edi. Jumladan, Silk Avia aviakompaniyasining Toshkent — Fargʻona yoʻnalishidagi US-401 reysi mahalliy vaqt bilan soat 11:20 ga koʻchirilgan.
Biroq, ayni paytda Fargʻona xalqaro aeroportida samolyotlarni qabul qilishga joriy etilgan cheklovlar olingan. Aeroport odatiy rejimda ishlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring