Quyosh qarimoqda: Insoniyat yoʻq boʻlib ketishi mumkin

16:41 28 Sentyabr 2024 Dunyo
451 0

Bir milliard yil ichida koʻplab tirik mavjudotlar va insoniyat Yer yuzasidagi jiddiy oʻzgarishlar tufayli yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Bunga Quyosh taʼsir qiladi. Mazkur taxminni R. J. Grem boshchiligidagi Chikago universiteti olimlari ilgari surmoqda.

Astrofiziklarning fikricha, Quyoshning faolligi 30 foizga oshgan. Olimlar buni uning qarishi bilan bogʻliq deb taxmin qilishdi. Vaqt oʻtishi bilan bu koʻrsatkichlar ortib boradi. Natijada Yer sayyorasidagi barcha hayot nobod boʻladi. Osmon jismining yorqinligi oshishi tufayli atmosferadagi karbonat angidrid miqdori asta-sekin pasaya boshlaydi. Birinchi boʻlib oʻsimliklar tiriklikni tark etadi. Chunki ular fotosintez jarayoniga bogʻliq va shu tufayli kislorodsiz yashay olmaydigan koʻplab tirik mavjudotlar yoʻq boʻlib ketadi.

Bundan tashqari, kelajakda sayyorada “hoʻl issiqxona effekti” paydo boʻlishi mumkin. Bu Yer yuzasining tezroq isishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер