Qurilish oynalari uchun utilizatsiya yigʻimi joriy etiladi

11:59 01 Noyabr 2025 Siyosat
450 0

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Yalpi majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Shuningdek, respublikamizda milliy va xorijiy foydalanuvchilar uchun rasmiy statistika maʼlumotlarining ochiqligi va shaffofligini eng yuqori darajada taʼminlash, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarining rivojlanish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Qonun bilan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonunlarga qurilish oynasidan foydalanish natijasida yuzaga keladigan chiqindilarni qayta ishlash xarajatlarini qoplash uchun utilizatsiya yigʻimini joriy etishni belgilovchi hamda ayrim qonunlarga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining nomi va huquqiy maqomi oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Senatorlar tomonidan taʼkidlanganidek, Qonunning qabul qilinishi qurilish oynasi sanoatini rivojlantirishga, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolar sogʻligʻini va atrof-muhitni oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan qurilish oynasidan hosil boʻladigan chiqindilarning zararli taʼsiridan himoya qilish va qayta ishlash bilan bogʻliq faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Shuningdek, mamlakatning rasmiy statistika sohasidagi maʼmuriy islohotlarni samarali amalga oshirish doirasida statistika organlarining faoliyatini takomillashtirishga hamda foydalanuvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?