Qurilish korxonalari soliq qarzdorligi salkam 750 mlrd soʻmga yetdi
 
                1-dekabr holatiga koʻra, 1043 ta qurilish korxonalarining soliq qarzi 100 mln soʻmdan oshib ketgan.
2024-yil 1-dekabr holatiga soliq qarzi 100 mln soʻmdan yuqori qurilish korxonalari soni 1 043 taga, ularning jami qarzi esa 749,3 mlrd soʻmga yetdi.
Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, shundan 255,1 mlrd soʻmi, yaʼni 34 foizi soliq qarzi eng yirik boʻlgan 10 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi.
Eng katta qarzdorlikka ega korxonalar roʻyxati quyida keltirilgan:
1. “Tamirlash Qurilish Servis” MCHJ
2. “Reliable Stroy Invest” MCHJ
3. “Aziya Invest Favorit” MCHJ
4. “Mustahkam Qurilish Development” MCHJ
5. “Mohir-Quruvchi” MCHJ
6. “Mimar-Quruvchi” MCHJ
7. “Great Builders” MCHJ
8. “Timur World Stroy” MCHJ
9. “Touros Trading” MCHJ
10. “Injinerig-Stroy Invest” MCHJ
Hududlar kesimida soliq qarzdorligi eng koʻp boʻlgan korxonalar koʻrsatkichlari:
Toshkent shahri – 258,1 mlrd soʻm;
Buxoro viloyati – 78,8 mlrd soʻm;
Andijon viloyati – 68,9 mlrd soʻm.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring