Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqtlari eʼlon qilindi

18:40 02 Iyun 2025 Jamiyat
240 0

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi yurtimizdagi jome masjidlarda Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqtlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda 2025-yil 6-iyun, juma kuni ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.

Respublika hududlarida Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:

  • Andijon — 05:00;
  • Namangan — 05:00;
  • Fargʻona — 05:00;
  • Toshkent shahri — 05:10;
  • Toshkent viloyati — 05:10;
  • Sirdaryo — 05:20;
  • Jizzax — 05:20;
  • Samarqand — 05:20;
  • Surxondaryo — 05:25;
  • Qashqadaryo — 05:25;
  • Navoiy — 05:30;
  • Buxoro — 05:30;
  • Xorazm — 05:45;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 05:50.

Taʼkidlanishicha, ushbu jadvalda koʻrsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер