Qozogʻistonda saylovlarda ishtirok etish borasida oxirgi 10 yildagi eng past koʻrsatkich qayd etildi

01:15 20 Mart 2023 Dunyo
1002 0

Foto: РИА «Новости»

Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida mamlakat aholisining 54,19 foiz ishtirok etgan, yaʼni jami 12 035 578 saylovchidan 6 521 860 nafari saylovda ovoz bergan. Bu haqda “Tengrinews” portali xabar bermoqda.

OAV xabarlariga koʻra, bu oxirgi oʻn yilda oʻtkazilgan saylovlardagi eng past ishtirok hisoblanadi. Xususan, 2021-yilda aholining 63,3, 2016-yilda 77, 2012-yilda esa 75 foizi siyosiy jarayonda faollik koʻrsatgan.

Eng yuqori faollik Qiziloʻrda viloyatida qayd etildi: bu yerda 67,2 foiz aholi ovoz berdi. Olmaotaliklarning esa atigi 25,8 foizi saylovda qatnashgan. Bu mamlakat boʻyicha eng past koʻrsatkichdir.

Qayd etilishicha, 2021-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan parlament deputatlari saylovida saylovchilarning 58,2 foizi ishtirok etgan.

“Qazaqstan” telekanalida jonli efirida eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra, saylovda saylovchilarning 53,25 foizi ishtirok etgan.

Natijalar quyidagicha taqsimlandi:

  • “Amanat” partiyasi – 53,46 foiz;
  • “Aul” Xalq demokratik vatanparvarlik partiyasi – 10,52 foiz;
  • Respublika partiyasi, 8,90 foiz;
  • “Aq Jol” demokratik partiyasi – 7,87 foiz;
  • Qozogʻiston Xalq partiyasi – 6,25 foiz;
  • Milliy sotsial-demokratik partiya – 5,31 foiz;
  • “Baytak” yashil partiyasi – 3,22 foiz;
  • Hammaga qarshi - 4,47 foiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер