Qozogʻistonda avtobus YTHga uchradi. Halok boʻlganlar orasida oʻzbekistonliklar ham bor
Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 5 kishi halok boʻldi, ular orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham bor. Bu haqda Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 7-dekabr kuni soat 08:57 da Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyati Aytekebi tumanidan oʻtgan Respublika ahamiyatiga ega avtomobil yoʻlining 1028 kilometrida sodir boʻlgan. “Perm-Toshkent” yoʻnalishida harakatlangan “Yutong” rusumli yoʻlovchi avtobusi yon tomonga ariqqa agʻdarilib ketgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida avtobusda boʻlgan 49 nafar yoʻlovchidan 5 nafari vafot etgan, ulardan 2 nafari Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishchi guruh tuzgan holda, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarni Vatanga olib kelish va ularning oila aʼzolariga dafn marosimlarini oʻtkazishda har tomonlama yordam koʻrsatish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Taʼkidlanishicha, hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligining masʼul xodimlari Qozogʻistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini oʻrganish boʻyicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring