Qoraqalpogʻistonda uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 13-dekabr kuni “Samankoʻl” OFY Qamissholi aholi punkti Faxriylar koʻchasidagi uyda ikki nabirasi bilan birga ijarada yashayotgan fuqaro A.J. uyini isitish maqsadida qoʻlbola isitish pechi moʻrisini oʻzboshimchalik bilan kesib tashlab, ushbu pechni boshqa xonaga koʻchirgan. Soʻng uni moʻrisiz holda gaz tarmogʻiga noqonuniy ravishda ulagan.
Oqibatda xonadon aʼzolari gaz yonishi natijasida hosil boʻlgan tutun, yaʼni is gazidan kuchli zaharlangan A.J. hamda uning nabiralari — 2011-yilda tugʻilgan A.S. (8-sinf oʻquvchisi) va 2015-yilda tugʻilgan A.Q. (4-sinf oʻquvchisi) hodisa joyida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda mazkur hodisa yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, masʼul shaxslarga nisbatan bir qator xizmat tekshiruvlari boshlangan.
Qayd etilishicha, Xoʻjayli tumani hokimligi tomonidan marhumlar oilasiga ijtimoiy yordam koʻrsatilmoqda. Olib borilayotgan ishlar haqida ommaviy axborot vositalari orqali qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring