Qonun O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron (raqamli) dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda milliy prosessual qonunchilik hujjatlarida elektron (raqamli) dalillar tushunchasi, ulardan foydalanish tartibi va shu bilan bog‘liq masalalar nazarda tutilmagan. Elektron (raqamli) dalillarga qanday ma’lumotlar kiritilishi haqidagi masalalar huquqiy tartibga solinmagan.

Shu sababli mazkur Qonun bilan amaldagi qator kodekslar va qonunlarga elektron ma’lumotlar hamda raqamli dalillar tushunchasi, raqamli dalillarni to‘plash, taqdim etish, mustahkamlash, ko‘zdan kechirish, tekshirish va baholash, ularni saqlash, qaytarish, shuningdek, yo‘q qilish tartibini belgilovchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Jumladan, elektron ma’lumotlarga elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlar kirishi qayd etilmoqda.

Mazkur Qonun bilan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tergov va sud jarayonlari ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan elektron ma’lumotlarni mutaxassis ishtirokida qabul qilib olishi, elektron ma’lumotlar mavjud bo‘lgan birlamchi elektron jismlarni ko‘zdan kechirishi kerakligi borasida aniq tartib belgilanmoqda.
Shuningdek, Qonunda raqamli dalillar tushunchasi ham qayd etilmoqda. Unga ko‘ra ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar, shu jumladan elektron fayllar, audio- va videoyozuvlar, Internet jahon axborot tarmog‘ida saqlanayotgan va boshqa elektron ma’lumotlar raqamli dalil bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilmoqda.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashga, qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga hamda odil sudlov sifatini oshirish va sud ish yurituvini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring