Qonun ipakchilik sohasi rivoji uchun huquqiy poydevor bo‘ladi

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Coliq kodeksining 483-moddasiga ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Mamlakatimizda ipakchilik sohasini yanada rivojlantirish, tutzorlarni tashkil etish va ipak qurtini boqish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qishloq joylarda aholi bandligini ta’minlashda muhim tarmoqlardan biri hisoblangan pillachilikda izchil islohotlar amalga oshirilib, bugungi kunda respublikamizda pillani qayta ishlash, ipak qurti urug‘chiligi va tutchilik xo‘jaliklarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, shuningdek, sohada 108 ming doimiy va 1 milliondan ortiq mavsumiy ishchilarning bandligi ta’minlanmoqda.
Soliq kodeksining 483-moddasiga 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Qonunga ko‘ra pilla yetishtiruvchi yuridik shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lari hamda bo‘shagan mablag‘larni kasanachilarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.
Qonunda pilla yetishtirish sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffisiyent qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilishi belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada ishlab chiqarish hajmi, tayyor mahsulot ulushi hamda eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring