Qonun davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilishiga xizmat qiladi

12:05 31 Oktyabr 2025 Siyosat
151 0

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Senatning yalpi majlisida “Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, davlat aktivlarini xususiylashtirish orqali xususiy mulkchilikni kengaytirish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Shuningdek boʻsh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlarni, shu jumladan davlat ishtirokidagi korxonalarning nosohaviy aktivlarini xususiy sektorga berishni jadallashtirish maqsadida davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari soddalashtirilmoqda, bu boradagi toʻsiqlar bartaraf etilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar negizida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining 13 ta qonuniga hamda Yer va Soliq kodekslariga davlat aktivlarini xususiylashtirish hamda ijaraga berishni soddalashtirishga, sohada tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Foto: Akmal Muhammadov, Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Senatorlar oʻz chiqishlarida taʼkidlaganidek, mazkur Qonun davlat mulkini xususiylashtirish sohasini takomillashtirishga, mazkur sohadagi vakolatli organlarning vakolatlarini belgilash hamda davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish hamda ijaraga berish orqali xususiy mulkchilikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, Qonunda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻsh yer uchastkalariga nisbatan tuman (shahar) hokimliklarining qarzdorliklari boʻyicha taqiqlar tatbiq etilmasligi, ushbu yer uchastkalari auksion savdolarida sotilganida xaridorlarga toʻsiqlarsiz rasmiylashtirib berilishi, yer soligʻi va mol-mulk soligʻini davlat koʻchmas mulk obyektlarini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan xaridorlar tomonidan mazkur obyektlar uchun toʻlangan mablagʻlarga proporsional ravishda hisoblash kabi oʻzgartirishlar ham nazarda tutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksining 9-moddasiga kiritilayotgan qoʻshimchaga asosan endilikda xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yoʻllari boʻyida zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualarini va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalarini, savdo-koʻngilochar markazlarini master-reja asosida joylashtirish boʻyicha boʻsh turgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida Vazirlar Mahkamasining qarori yer toifasini boshqa toifaga oʻzgartirish uchun asos boʻladi.

Qizgʻin muhokamaga sabab boʻlgan ushbu Qonun davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish orqali xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish va iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushini yanada oshirish imkoniyatlarini yaratadi.

Mazkur Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер