Qonun bilan harbiy prokuratura faoliyatiga yangi qoidalar kiritilmoqda
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Senatning qirq beshinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha
chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda zamonaviy qurollangan va qudratli armiyani shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimining harbiy xizmatchilari va xodimlarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga harbiy sohadagi davlat dasturlarining amalga oshirilishini oʻz vaqtida va samarali tashkil etish, harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning, shu jumladan Davlat byudjeti mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanish hollarining barvaqt oldini olish, shuningdek qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish talab etmoqda.
Shu boisdan mazkur Qonun bilan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Qurolli Kuchlar tizimida qonunchilik hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan harbiy prokuratura organlarining nazorati kuchaytirilishini, shuningdek harbiy prokuratura organlariga xodimlarni harbiy xizmatga qabul qilish va undan boʻshatish tartibi hamda ularga harbiy unvonlar berish tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Bosh prokuror, Harbiy prokuror, Transport prokurori Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek tumanlar, shaharlar prokurorlari lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan shaxslar tayinlanishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Harbiy prokuror, Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tegishincha tumanlar, shaharlar prokuratoralarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qilishi, qonunlarga, Bosh prokuror buyruqlariga asosan va ularni ijro etish maqsadida oʻziga boʻysunuvchi xodimlar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar, farmoyishlar chiqarish vakolatlari qonuniy jihatdan belgilab qoʻyilmoqda.
Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun qabul qilinishi prokuratura organlarining masʼuliyatini yanada oshirish bilan birga, ish samaradorligini ham yaxshilash, qonunchilik bilan yuklatilgan vazifalarning toʻlaqonli bajarilishi, natijada fuqarolarning huquq va manfaatlari taʼminlanishiga xizmat qiladi.
Majlisda savol-javob va muhokamadan soʻng ushbu Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring