Qondagi gemoglobin darajasini oshiradigan oʻsimlik qaysi?
Illyustrativ foto
Qichitqi oʻtning foydali jihatlari haqida koʻp gapirishadi. Masalan, shveysariyalik olimlarning aytishicha, ushbu oʻsimlikdan tayyorlangan sharbat koʻplab kasalliklarga davo ekan.
Shu boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, bunday ichimlik organizmni toksinlar(zaharli moddalar)dan tozalash va qonda gemoglabin darajasini oshirishga ijobiy taʼsir oʻtkazishi aniqlandi. Sharbat organizmda modda almashinuvini faollashtirish xususiyatiga ega, buning natijasida qon tozalanib, toʻyinadi, shlaklarni chiqarib yuboradi, barcha tana aʼzolari va tizimlar yaxshi ishlaydi.
Bundan tashqari, qichitqi oʻt sharbati qishdagi silla qurishi, vitamin yetishmovchiligi, kamqonlik, teridagi yuqumli boʻlmagan toshmalar, shuningdek, migrendan forigʻ boʻlishga yordam beradi. Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, har kuni mana shunday sharbat bilan davolanish suyaklarni mustahkamlash, jigar, siydik pufagi, nafas yoʻllarini tozalash, asab tizimini tinchlantirishda juda foydalidir.
Mazkur mahsulot modda almashinuv jarayonlarini tezlashtirgan holda, ateroskleroz, bod, podagra, qandli diabet paytidagi holatni yaxshilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring