Qoʻmita majlisida byudjet jarayonini takomillashtirishga oid qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi
Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining bugungi majlisida “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama etildi.
Muhokama davomida Qoʻmita aʼzolari soʻnggi yillarda fuqarolarni byudjet jarayoniga jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish orqali byudjet mablagʻlarini taqsimlashda shaffoflikni taʼminlash, ularning maqsadli sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi.
Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik, Byudjet va Fuqarolik kodekslari hamda boshqa bir qator qonunlarga byudjet jarayonini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Jumladan, byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida byudjet hisoboti turlari kengaytirilmoqda.
Shu bilan birga birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning masʼuliyatini oshirish maqsadida byudjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida har chorak yakunida eshitib borish amaliyoti joriy etilmoqda.
Qoʻmita aʼzolari mazkur Qonun fuqarolarni byudjet jarayoniga keng jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish, byudjet mablagʻlarini taqsimlashda shaffoflikni taʼminlash va ulardan maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilganligini alohida taʼkidladi.
Muhokama yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring