Qishloq tumanlarida beshtadan chet tillarini oʻqitish nodavlat markazlari tashkil etiladi

18:07 06 May 2021 Jamiyat
823 0

Chet tillarini oʻqitishda nodavlat taʼlim muassasalari va Britaniya kengashi, Gyote instituti, Fransuz alyansi, KOIKA, JICA, Konfutsiy instituti kabi xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yana-da kuchaytiriladi.

Misol uchun, chet tili oʻqituvchilarining 90 foizi (46 ming nafar) ingliz tiliga ixtisoslashgan boʻlib, Sharq tillari (xitoy, koreys, turk, arab, fors) poytaxtdan boshqa hududlarda deyarli oʻqitilmaydi.

Shu bois Tashqi ishlar vazirligi elchilarimiz bilan birga, oʻzlari biriktirilgan viloyatlarda kamida 2-3 tadan chet tiliga oʻrgatish markazini tashkil etishga hamda ularga oʻzlari ishlayotgan davlatlardan malakali oʻqituvchi va volontyorlarni jalb qilishga masʼul boʻladilar.

Yana bir masala – respublikada chet tillari nodavlat oʻquv markazlarining asosiy qismi Toshkent shahrida joylashgan. Shuning uchun viloyat, tuman va shahar hokimlari 1-iyuldan boshlab, qishloq tumanlarida 5 tadan chet tillariga oʻqitish nodavlat oʻquv markazlarini tashkil etish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.

Qishloq joylarida nodavlat oʻquv markazlari tashkil etish uchun boʻsh bino ajratish, kerakli jihozlar va adabiyotlar sotib olishga 50 million soʻmgacha bir martalik begʻaraz koʻmak ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер