Qirq yil suv bormagan joylar bugun obod boʻlmoqda
Soʻnggi yillarda respublikamizda hududlarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash borasidagi ishlar koʻlami sezilarli kengaydi. Natijada 30-40 yillab “obi hayot” yetib bormagan hududlarga ham suv tarmoqlari tortilib, aholi mushkuli oson, koʻngillari charogʻon boʻlmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining 2020-yil 25-sentyabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotir.
Ushbu hujjat ijrosi doirasida Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Yangi hayot” va “Malla chek” mahalla fuqarolar yigʻinlarida salmoqli ishlar olib borilyapti.
– Ushbu hududlarda 28 km masofaga yangi suv quvuri tortilmoqda, - deydi “Andijon suv taʼminoti” MCHJ direktori Shuhratbek Matmusayev. – Bundan tashqari bitta suv inshooti quriladi. 5,94 mlrd. soʻmlik loyiha ishlari yakunlangach, toza ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar barham topadi.
“Saxovat nuri” hamda “Bunyodkor trans servis” MCHJ tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari natijasida salkam 6 ming aholining suvga boʻlgan ehtiyoji qondiriladi.
S. HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring