Qashqadaryodagi ayanchli YTHda bir kishi halok boʻldi
Videodan kadr
Qashqadaryo viloyatida “Nexia-2” va “Cobalt” avtomashinalar ishtirokida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 1 kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 7-noyabr kuni soat 17:20 larda Gʻuzor tumani hududidan oʻtuvchi M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining 1257-kilometrida “Nexia-2” va “Cobalt” rusumli avtotransport vositalari ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.
YTH oqibatida bir nafar yoʻlovchi ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida halok boʻlgan, ikki nafar fuqaro tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot boʻlimiga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Gʻuzor tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring