Qashqadaryoda profilaktika inspektori pichoqlandi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida erkak oilaviy janjalni toʻxtatmoqchi boʻlgan profilaktika inspektorini pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda”, deb yozadi Shamsutdinov.
IIV Jamoat xavfsizligi departamentining holatga oydinlik kiritishicha, hodisa er va xotin oʻrtasidagi janjaldan boshlangan. Ayol eri bilan yashamasligini bildirib, oʻz uyiga ketmoqchi boʻlgan. Ammo er bunga qarshilik qilib, janjal chiqargan va farzandini qoʻliga olib, agar ayoli ketib qolsa, oʻzini va farzandini oʻldirishini aytib, tahdid qilgan.
Ayol esa IIOga qoʻngʻiroq qilib, yordamga chaqirgan. Voqea joyiga bir profilaktika inspektorlari kelib, erkakning qoʻlidagi pichoqni olib qoʻyishga harakat qilgan. Shu vaqtda erkak xodimlardan birining kurak qismiga pichoq sanchib olgan.
Tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan profilaktika inspektori hozirgi kunda sogʻligʻi yaxshi ekani va shifokorlar kerakli yordam koʻrsatganini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring