Qashqadaryoda erkak ukasini tiriklayin yoqib yubordi
Qashqadaryo viloyatida erkak ukasini tiriklayin yoqib yubordi, deb xabar beradi “Daryo”.
Maʼlumotlarga koʻra, 1-noyabr kuni Gʻuzor tuman prokuraturasiga Pachkamar mahallasida shaxsi nomaʼlum jasad topilgani haqida xabar kelib tushgan. Jasad kuygan, qoʻl va oyoqlari sim bilan bogʻlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Qotillikda gumonlanuvchi qoʻlga olindi, maʼlum boʻlishicha, qurbonning 43 yoshli akasi.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, marhum spirtli ichimlik mastligida onasi bilan janjallashib, uydan chiqib ketgan, shundan soʻng ukasi topib, uyiga olib kelgan. Soʻng qoʻl-oyogʻini sim bilan bogʻlab, urib, tepalikka olib borib, yoqib yuborgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring