Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi
Illyustrativ foto
7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.
Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, mazkur huquqiy normani yangi tavsifiy belgilar bilan toʻldirish, yarashuv institutiga kiruvchi maʼmuriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish belgilanmoqda.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:
- BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha (1 million 875 ming soʻmdan 9 million 375 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga;
- 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilanmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring