Qarshida 1,4 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlagan fuqaro fosh qilindi

12:18 17 Fevral 2026 Jamiyat
248 0

Qarshi tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro S.E. “Shoyxoʻja” MFY hududidagi xonadonida tashkil etilgan issiqxonani umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 1,4 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh qilingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер