Qanday mashinalar antikvar sanaladi? YHXX izoh berdi

17:57 14 Fevral 2026 Hujjatlar
527 0

Illyustrativ foto

2026-yil 1-fevraldan boshlab ishlab chiqarilganiga 50-yil va undan ortiq boʻlgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta roʻyxatdan oʻtkazish taqiqlandi. Bunda faqat antikvar maqomiga ega mashinalarga istisno qilinadi. YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yoʻldoshev avtomobil antikvar deb topilishi tartibiga izoh berdi.

Yoʻldoshevning qayd etishicha, ishlab chiqarilganiga 50-yil va undan ortiq boʻlgan, asl holati, tashqi koʻrinishi, tuzilishi, asosiy agregatlari saqlanib qolgan mashinalar antikvar transport vositasi sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ularga yangicha davlat raqam belgilari beriladi.

Unga koʻra, avtomobil quyidagi talablarga javob bersa, antikvar deb topiladi:

• mashina tashqi koʻrinishi, tuzilishi va kuzovi oʻzgarmagan boʻlishi lozim;

• dvigateli va yoqilgʻi turi almashmagan boʻlishi shart;

• dvigateldan chiqqan kuchni gʻildiraklarga uzatuvchi ssepleniya, ballonlar, tormoz va rul boshqaruv tizimlari, uzatmalar qutisi, elektr jihozlari hamda salon oʻrindiqlarining joyi va shakli asl holatda boʻlishi talab etiladi.

Agar ishlab chiqarilganiga 50-yil va undan ortiq boʻlgan avtomobil ushbu talablarga javob bermasa davlat roʻyxatidan chiqariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер