Qalin tuman Oʻzbekistondagi ikkita aeroport faoliyatini cheklab qoʻydi

18:07 21 Dekabr 2023 Jamiyat
438 0

Fargʻona vodiysidagi noqulay ob-havo sharoiti – qalin tuman tufayli Namangan va Fargʻona aeroportlarida reyslarni qabul qilish va joʻnatish vaqtincha cheklandi.

Xususan, Namanganda quyidagi parvozlar kechiktirildi:

— “Flynas” aviakompaniyasining XY-652 Namangan - Jidda parvozi (yoʻlovchilar Namangan aeroportida parvozni kutishmoqda);
— “Aeroflot” aviakompaniyasining SU-1971 Namangan - Moskva parvozi (yoʻlovchilar Namangan aeroportida parvozni kutishmoqda);
— “RedWings” aviakompaniyasining WZ-1124 Maxachkala - Namangan - Maxachkala reysi (samolyot Namanganda ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda);
— “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-9858 Ufa – Namangan parvozi (Toshkentga yoʻnaltirilgan);
— “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-9825 Namangan – Sochi parvozi (yoʻlovchilar Namangan aeroportida parvozni kutishmoqda);
— “Panorama Airways” aviakompaniyasining 5P-5382 Madina - Namangan parvozi (Toshkentga yoʻnaltirilgan). 5P-5381 Namangan – Madina parvozi Toshkentdan amalga oshiriladi, yoʻlovchilar yer usti transportida Toshkentga yetkaziladi;
— “Jazeera Airways” aviakompaniyasining J-663 Quvayt – Namangan parvozi (samolyot Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirilgan, yoʻlovchilar Namanganga yer usti transportida yetkaziladi).

Fargʻona aeroportida quyidagi parvozlar kechiktirildi:
— “Utair” aviakompaniyasining UT-789 Moskva - Fargʻona parvozi (Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi. UT-790 Fargʻona - Moskva parvozi ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda);
— “S7” aviakompaniyasining S76323 Irkutsk – Fargʻona – Irkutsk parvozi (Irkutsksdan uchish 22.12.2023 sanasiga Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga qoldirildi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?