Qaysi hudud xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha yetakchi?
2024-yilning 1-noyabr holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 15 297 tani tashkil etgan. Bu haqida statistika agentligi xabar berdi.
Oʻtgan yilning shu davridan buyon xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 2 278 taga koʻpaygan.
Bunday korxonalar soni boʻyicha eng yetakchi hudud Toshkent shahri boʻlib, 9 949 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda.
Keyingi oʻrinlarda quyidagi viloyatlar joy olgan:
Toshkent viloyati — 1 755 ta;
Samarqand viloyati — 597 ta;
Surxondaryo viloyati — 471 ta;
Fargʻona viloyati — 497 ta;
Andijon viloyati — 326 ta;
Buxoro viloyati — 350 ta;
Namangan viloyati — 209 ta;
Navoiy viloyati — 242 ta;
Qashqadaryo viloyati — 151 ta;
Jizzax viloyati — 205 ta;
Sirdaryo viloyati — 227 ta;
Xorazm viloyati — 142 ta;
Qoraqalpogʻiston R. — 176 ta.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring