PSJ yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi
Kecha, 25-oktyabr kuni Fransiya chempionatining 9-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasida oʻtkazilgan bahsda “PSJ” jamoasi “Brest” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida Ashraf Hakimi hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa oʻtib, Ashrafning oʻzi hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi. Taʼkidlash kerakki, marokashlik futbolchi bungacha soʻnggi bor 2021-yilning 22-sentyabrida “Mes” jamoasiga qarshi oʻyinda 2 ta gol urgan edi.
Ikkinchi boʻlimning asosiy vaqtida hisob oʻzgarmadi. Hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalar soʻngida Dezire Due hisobni 3:0 koʻrinishiga olib keldi. Shu tariqa mazkur bahsda gʻalaba qozongan jamoa ochkolari sonini 20 taga yetkazib olgan holda turnir jadvalida birinchi oʻringa qaytdi.
Eslatib oʻtamiz, PSJ jamoasi navbatdagi oʻyinini 29-oktyabr sanacida “Loryan”ga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring