Psixofaol dorilarni biologik faol qoʻshimcha sifatida qadoqlangan shaxs ushlandi

11:59 09 Dekabr 2025 Jamiyat
231 0

Foto: DXX

Toshkentning Uchtepa tumanidagi xonadondan biologik faol qoʻshimcha sifatida qadoqlangan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari topildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvda boʻlgan poytaxtlik 55 yoshli shaxsning Uchtepa tumanidagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.

Natijada uning uyida 1835 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, rasmiylashtirib olingan.

Ushbu shaxs tarkibida koʻp miqdorda pregabalin kuchli taʼsir qiluvchi moddasi boʻlgan ushbu psixotrop dori vositalarini biologik faol qoʻshimchalar idishlariga qadoqlab, kelgusida ularni yashirin tarzda dorixonalarda sotish maqsad qilingan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?