Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 9 iyul kuni oila a’zolari bilan birga Toshkent shahridagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, saylovda ovoz berdi.
Ma’lumki, joriy yil 30 aprelda bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi yangi tahrirda qabul qilindi. Unda huquqiy, dunyoviy va ijtimoiy tamoyillar yanada mustahkamlanib, davlatning bu boradagi majburiyatlari oshdi. Yangilangan Konstitusiya davlat hokimiyati oldiga yangi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni qo‘ydi.
Shu bois davlatimiz rahbari Konstitusiyaning 128-moddasiga muvofiq, muddatidan ilgari Prezident saylovi o‘tkazish haqida xalqimizga murojaat qildi. Bu tashabbus Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda jamoatchilik faollari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Markaziy saylov komissiyasi 4 ta siyosiy partiyadan nomzodlarni ro‘yxatga oldi. 14 ta saylov okrugi va 10 ming 784 ta saylov uchastkasi tuzildi. Saylovda ishtirok etayotgan barcha nomzodlarga teng va erkin sharoitlar yaratildi.
Prezident saylovi mamlakatimizning buguni va kelajagi, xalqimiz farovonligiga ta’sir etuvchi muhim siyosiy voqeadir. Fuqarolar buni chuqur his etib, saylovda faol ishtirok etmoqda.
Bu jarayonni 47 ta davlat va 15 nufuzli xalqaro tashkilotdan jami 797 nafar xalqaro kuzatuvchi bevosita kuzatib bormoqda, ommaviy axborot vositalari keng yoritmoqda.


Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring