Prezident Tuproqqalʼadagi “Damas” zavodi boʻyicha katta yangilikni aytdi
Slovakiya kompaniyasi Tuproqqalʼaga 10 million dollar kiritib, 500 gektar qumli yerni oʻzlashtirishni boshladi.
Ushbu investor 170 million dollar hisobiga yana 4,5 ming gektar qumli yerni foydalanishga kiritib, raps oʻsimligini ekish va undan bioetanol ishlab chiqarishni reja qilgan.
Masʼullarga bu loyiha uchun zarur koʻmakni koʻrsatish topshirildi.
Prezident Tuproqqalʼadagi “Damas” zavodi boʻyicha katta yangilikni aytdi. Bu zavodda 100 million dollar hisobiga bozorda katta talabga ega arzon avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi.
Avtomobil Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi, 7 oʻrindiqqa ega boʻladi.
Mutasaddilarga joriy yilda hamkorlar bilan muzokarani yakunlab, keyingi yilda yirik uzelli yigʻish usulida ishlab chiqarishni boshlash, 2027-yilda toʻliq siklga oʻtib, mahalliylashtirishni 50 foizga olib chiqish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring