Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Aripov Taxir Fatixovichga «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonini berish toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish, xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, xususan, biofizika yoʻnalishidagi fundamental tadqiqotlari bilan koʻplab muhim ixtirolar, ilgʻor innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qoʻshgan katta hissasi, iqtidorli yosh olimlarni tayyorlash, navqiron avlodni Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, istiqlol gʻoyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 80-yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik Aripov Taxir Fatixovichga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring