Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston va Qirgʻiziston yetakchilari bilan birgalikda Xoʻjand qalʼasini borib koʻrdi
Xoʻjand shahridagi sammitning madaniy dasturi doirasida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston davlat rahbarlari Xoʻjand qalʼasiga tashrif buyurib, uning tarixi bilan tanishdilar.
Bu noyob majmuaning qurilishi miloddan avvalgi IV-V asrlarga borib taqaladi. Arxeologik qazishmalar natijasida oʻsha davrda birinchi qalʼa bunyod etilganligi aniqlangan.
1999-yilda qayta taʼmirlash ishlaridan soʻng qalʼa yonida 28 mingdan ortiq eksponatni oʻz ichiga olgan oʻlkashunoslik muzeyi ochildi.
Soʻnggi restavratsiya ishlari jarayonida qalʼa devorlari, arki va darvozalari qayta tiklandi, maʼmuriy bino, hunarmandchilik doʻkonlari qurildi, Xoʻjandning qadimiy hovlilari namunalari yaratildi.
Hududda tojik xalqi tarixi va madaniyatiga oid 5 ta koʻrgazma zalidan iborat majmua barpo etildi. 8 ta hovlida hunarmandlar xattotlik, rassomchilik, adras toʻqish, soʻzana tikish, tosh oʻymakorligi, temirchilik va kulolchilik bilan shugʻullanmoqda.
Davlat rahbarlari uch mamlakatning hunarmandchiligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va milliy taomlari koʻrgazmasini koʻzdan kechirib, badiiy chiqishlarni tomosha qildilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring