Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarining mehnatiga qoʻshimcha ragʻbatlarni eʼlon qildi

15:32 10 Noyabr 2025 Siyosat
425 0

Endilikda har yili Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan davlat tibbiyot muassasalarining barcha xodimlariga pul mukofoti beriladi.

Tumanda yangi davolash usulini joriy qilgan shifokorlar 21 million soʻmdan mukofot oladi.

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15-yil ishlagan tibbiyot xodimlariga sanatoriylarga bepul yoʻllanma beriladi, davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan farzandining bir yillik kontrakt summasiga 30 foiz chegirma taqdim etiladi, har yili faoliyatida alohida natijalarga erishgan 500 nafariga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi kompensatsiya qilinadi.

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3-yillik stajga ega tibbiyot xodimlariga zarurat tugʻilganda yiliga bir marta yuqori texnologik ixtisoslashgan tibbiy yordam bepul koʻrsatiladi.

Xalqaro tan olingan indekslanuvchi jurnallarda ilmiy maqola chiqarishga sarflangan xarajatlar toʻliq qoplab beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?