Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH Eksimbanki bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida AQSH Eksport-import banki rahbari Jon Yovanovichni qabul qildi.
Eksimbank hukumatning rasmiy eksport-kredit agentligi boʻlib, AQSH kompaniyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi hamda ularga sugʻurta, kafolat va kredit vositalarini taqdim etadi.
Ushbu nufuzli institut bilan tayyorlangan qoʻshma dastur asosida energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xoʻjaligi, AT va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi yirik loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Eksimbankning mamlakatimiz aviaparkini modernizatsiya qilish va “Boeing” samolyotlarini yetkazib berishdagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi. Amaliy hamkorlikni davom ettirish va Uzoq muddatli sheriklik rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda AQSH Eksimbanki oʻrtasida imzolangan Qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring