Prezident Milliy estrada institutida boʻldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada instituti faoliyati bilan tanishdi.
Bu taʼlim maskani davlatimiz rahbarining 2020-yil 2-dekabrdagi qarori asosida, Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85-yilligi doirasida tashkil etilgan edi. Madaniy va ilmiy merosdan foydalanib, milliy estrada sanʼatini rivojlantirish, mohir ijrochilar va pedagoglar tayyorlash, zamonaviy kuy-qoʻshiqlar yaratish institutning asosiy vazifalaridir.
Oʻtgan yili institut uchun 500 oʻrinli yangi bino qurib, foydalanishga topshirildi. Bu yerda oʻqish va ijod uchun barcha sharoit yaratilgan. Auditoriyalar zarur musiqa anjomlari va texnikalar bilan jihozlangan.
Institutda estrada vokal sanʼati, cholgʻu ijrochiligi, texnogen sanʼat, bastakorlik sanʼati, sanʼatshunoslik, dirijyorlik kabi yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda 479 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularga professor-oʻqituvchilar, xalq artistlari dars beradi.
Prezidentimiz dars jarayonlarini kuzatdi, oʻqituvchi va talabalar bilan muloqot qildi.
- Avvalo, mana shunday dargoh bilan sizlarni, butun sanʼatsevar yoshlarimizni tabriklayman. Biz bu ishlarni nima uchun qilyapmiz? Sanʼatimizning buyuk merosini, yoshlarimizning nimalarga qodirligini dunyoga tarannum etish uchun. Institutga milliy sanʼatimizda fenomen boʻlgan Botir Zokirov nomini berganimiz ham bejiz emas. Bu yerda uning munosib izdoshlarini tarbiyalashni, isteʼdodini yuzaga chiqarishni maqsad qilganmiz, - dedi davlatimiz rahbari.
Oʻquv yurti kutubxonasida sakkiz mingdan ortiq adabiyot va notalar jamlangan. Milliy estrada boʻyicha ilmiy, amaliy va ijodiy izlanishlar olib borish uchun tadqiqot markazi ham tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring