Prezident bojxonada ham bor imkoniyatlar toʻliq ishga solinmayotganini qayd etdi

11:31 16 Yanvar 2024 Iqtisodiyot
507 0

Masalan, oʻtgan yili import boʻlgan 20 milliard dollarlik tovarlarga salkam 60 trillion soʻmlik imtiyoz qoʻllangan.

Lekin ushbu imtiyozlarning qanchasi maqsadli va samarali qoʻllangani boʻyicha bojxonada tahlil yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.

Oʻtgan yili qoʻllangan imtiyozning bor-yoʻgʻi 3,2 trillion soʻmi oʻrganilganda, ularning 420 milliard soʻmi yoki 13 foizi maqsadsiz qoʻllangan boʻlib chiqdi.

Shu bois, Bojxona qoʻmitasiga imtiyoz bilan kirgan tovarlarni korxonabay oʻrganib chiqish topshirildi.

Umuman, bu yil qoʻshimcha manbalar hisobidan Soliq qoʻmitasi 40 trillion soʻm, Bojxona qoʻmitasi esa kamida 15 trillion soʻm tushumni taʼminlashi muhimligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер