“Prava”siz haydovchi YPX xodimini urib ketdi. Xodim vafot etgan
Videodan kadr
Namangan viloyatida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida Navoiy viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi vafot etdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yoʻldoshev maʼlum qildi.
Bildirilishicha, voqea kecha, 25-noyabr kuni soat 19:55 larda Namangan viloyati Yangi Namangan tumani Islom Karimov koʻchasida sodir boʻlgan. Haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 18 yoshli X.Z. “Onix” rusumli avtomobilni katta tezlikda boshqarib, tajribasizligi va qoidalarni bilmasligi sababli oʻzi bilan bir yoʻnalishdagi avtomashinani notoʻgʻri quvib oʻtgan.
Shu vaqtda oldindagi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda, 1997-yilda tugʻilgan Navoiy viloyati IIB JXX YHXB xodimi safdor Doniyor Nurilloyevni urib yuborgan. Hodisa oqibatida xodim olgan ogʻir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring