Polsha chegaradagi inqirozda Belarusni aybladi

22:50 15 Oktyabr 2021 Dunyo
1132 0

Varshavaning daʼvo qilishicha, Belarus hukumati va kompaniyalari Yaqin Sharqdan Yevropaga noqonuniy muhojirlarni tashishdan oʻn millionlab yevro daromad olgan.

Polsha rahbariyati Minskni ataylab migratsion inqirozni qoʻzgʻatishda ayblamoqda. Bu haqda "Euronews" xabar berdi.

Ichki ishlar boʻyicha Yevrokomissar Ilva Yoxansson Litva, Latviya va Polshaning Yevropa Ittifoqidagi elchilari ishtirokida migratsiya masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazayotganini eʼlon qildi. Polsha Seymi arafasida chegarada panjara qurish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi maʼqullandi.

Muxolifat bu hujjatni rad etishni talab qildi. Avgust oyining boshidan buyon 16 mingdan ortiq muhojir Belarus hududidan Polsha chegarasini noqonuniy kesib oʻtishga uringan.

Hozirgi kunda 1300 ga yaqin odam Polshadagi maxsus markazlarga joylashtirilgan. Aytilishicha, soʻnggi bir necha hafta ichida chegarada besh muhojir halok boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер