Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi yana 17 yilga qamaldi
Pokistonda sud hozirda qamoqda boʻlgan mamlakatning sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi Bushro Bibini korrupsiya ishi boʻyicha yana 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Sud ularni 2021-yil may oyida Saudiya Arabistoni hukumat organlari tomonidan Imron Xonga sovgʻa qilingan qimmatbaho zeb-ziynatlar toʻplamini ramziy narxda sotib olish bilan bogʻliq ishda aybdor deb topdi.
Ayblov tomonining versiyasiga koʻra, Pokiston hukumatining sobiq rahbari ushbu qimmatbaho buyumlarni davlat xazinasiga topshirish oʻrniga, shaxsiy foydalanish uchun olib qolgan. Qiymati taxminan 80 million pokiston rupiysi deb baholangan zeb-ziynatlar uchun u atigi 2,9 million pokiston rupiysi toʻlagan, deyiladi xabarda.
Shuningdek, sud Imron Xon va Bushro Bibiga 16,4 million pokiston rupiysi miqdorida jarima ham tayinladi.
Maʼlumot uchun, Imron Xon 2018–2022-yillarda Pokiston bosh vaziri lavozimida ishlagan. U 2022-yil aprel oyida ishonchsizlik votumi natijasida lavozimidan chetlatilgan. Ayni paytda u korrupsiya bilan bogʻliq boshqa ayblovlar asosida 14 yillik qamoq jazosini oʻtab kelmoqda. Uning rafiqasi esa shu ish boʻyicha avvalroq 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring